(99) 829-40-00

Toshkentda ofis ijarasi qancha turadi

11.03.2020

Tijorat firmalari, turli xil nodavlat tuzumlari va boshqa tashkilotlar sonining ortib borishi bilan Toshkent shahrida ofis ijarasiga bo’lgan talab kundan-kunga oshib bormoqda. Respublika Davlat Satistika Qo’mitasining bergan ma’lumotlariga ko’ra, poytaxtda 2019 yilda 70 mingga yaqin kompaniya qayd etilgan bo’lib, shulardan har beshtasi – yangi!

Toshkent shahrida ofisni qayerdan topsa bo’ladi va ofis tanlashda nimalarni hisobga olish zarur? Ushbu kichik maqolamizda mana shu haqda ma’lumot berib o’tamiz.


Binolar ijarasining maqbul variantlari


Toshkent shahrida binolar ijarasining ikki xil usuli mavjud: arendatorlar bilan to’gridan-to’gri bitimlarni amalga oshirish yoki ko’chmas mulk agentliklari va xususiy rieltorlar kabi vositachilar orqali shartnomalar tuzish. Ikkala variantning ham o’ziga yarasha afzallik va kamchiliklari bor: birinchi holatda ofisni pastroq narxda ijara olish ehtimoli anchagina ortadi, ammo bunda mijoz qog’ozbozlik bilan bog’liq yumushlarni o’zi bajarishiga to’g’ri keladi. Vakolatli idoralar yordamiga murojaat qilinganda esa buyurtmachi barcha huquqiy masalalarni, shu jumladan shartnomaning xavfsizligini ta’minlashni ularga topshiradi. Buning uchun esa qo’shimcha haq to’lashga to’g’ri keladi.

Tajriba bu ikkala variantga talab bir xil ekanligini ko’rsatmoqda. Shu bilan birga, ofisni ijaraga olishda, masalan, shaharning nufuzli tumanlaridan biridagi biznes-markazda mijozlar qulaylik va xavfsizlikni birinchi o’ringa qo’yadilar – buyurtmachilarning mavqeyi bu yerda bir muncha yuqori.


Toshkent shahrida ofis ijarasining narxi qancha


Ofis ijarasining o’rtacha narxi bir kvadrat metr uchun 4-5 dan 15-16 sh.b. gacha, ya’ni maydoni o’rtacha 300 kv.m dan sal kichikroq joyning narxi bir oyda 2,5 ming sh.b. atrofiga bo’ladi.

Yaqinda qurilgan alohida binolardagi ofislarning ijara haqi sezilarli darajada yuqori bo’ladi: masalan, nufuzli tumandagi o’n va undan ortiq xonalar uchun mijozlar oyiga 7-22 ming sh.b. ni to’lashga tayyorlar. Bunday variant bozorda yetakchi o’ringa ega bo’lgan yirik kompaniyalarga to’g’ri keladi. Narxlar bir kvadrat metr uchun 33 ming so’m ($4) dan 133 ming so’m ($16) gacha. Eng qimmatlari – yaqinda qurib bitkazilgan o’n va undan ortiq xonalarga ega, narxi oyiga 58 mln. dan 183 mln. gacha ($7-220) bo’lgan alohida binolardir.

Ijara taklifini ko’proq topish mumkin bo’lgan tumanlar – Mirzo Ulug’bek, Yunusobod va Mirobod tumanlaridir. Agar siz sal arzonroq joy qidirayotgan bo’lsangiz, Yakkasaroy va yana o’sha Mirobod tumanlarida qidirib ko’rganingiz ma’qul. Bu yerda turar-joy binolarining birinchi qavatlarida ijara takliflari ko’proq – bu joylar bir vaqtlar xonadon bo’lgan. Ikki-uch xona, ta’mirdan chiqqan oshxona va sanuzel – kichik ofislar uchun ajoyib variant!

Toshkent shahridagi ofis ijarasining narxiga quyidagi jihatlar ham ta’sir ko’rsatadi:

*Yaqin atrofda infratuzilmalarning mavjudligi;

*Qavatlardagi joylashuv, avtomobillar to’xtash joyi, yerosti garajlari kabi binolarning me’moriy xususiyatlari;

*Hududning ko’kalamzorlashtirish sifati;

*Boshqa omillar.

Nima bo’lganda ham zamonaviy Toshkent shahrida bino va ofislarni shaxsiy moliyaviy imkoniyatlarga muvofiq holda ijaraga olish qiyichilik tug’dirmaydi, shu jumladan biznes-markazlarda ham.

Agar bizning xizmatlarimiz sizni qiziqtirsa, +998 99 829 40 00 telefon raqamlari orqali murojaat etishingiz yoki Toshkent shahri, Nukus ko’chasi, 2-uy manzili bo’yicha joylashgan biznes-markazimizga tashrif buyurishingiz mumkin.