(99) 829-40-00

MERCURY biznes-markazida ofis olishning afzalliklari

11.03.2020

Toshkent shahrida “A” toifasidagi Mercury biznes-markazi sizga qulaylik yaratish maqsadida barcha zarur sharoitlarni yaratadi.

Ofisning qulay joylashuvi – kompaniyaning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun muhim jihatlardan biri hisoblanadi. Qulay transport qatnovi, avtoturargohlar mavjudligi, binolar ichining sifatli ta’miri – puxta o’ylangan ofis ijaralariga qo’yilgan muhim talablardan biridir.

Ofislarni tanlashning asosiy mezonlari

Respublikamiz poytaxtida ofislar ijarasi turli xil biznes-markazlar tomonidan taqdim etiladi. Tadbirkor yoki kompaniya rahbarining vazifasi narx hamda sifatning mutanosibligida maqbul tanlov qilish va quyidagi muhim mezonlarni hisobga olgan holda ofis uchun joylarni tanlash:

*Binoning joylashuvi.

*Biznes-markazning toifasi (kategoriyasi)

* Binodan bevosita yaqinlikda infratuzilmaning barcha asosiy elementlarining mavjudligi.

*Ijaraga beriladigan xonalarning sifatli holati, jihozlanishi.

*Parkovka joylari.

*Konferents-zallarning mavjudligi.

Har qanday turdagi ofis joyini vositachi xizmatlariga murojaat qilmagan holda to’g’ridan-to’g’ri biznes-markaz egasining o’zidan ijaraga olgan afzal.

Hozirgi kunda Toshkentdagi biznes-markazlar ofis uchun ijaraga beriladigan joylarning keng tanlovini taklif etishga tayyor. Har bir buyurtmachi ijaraga olinadigan joylarni qavatlardagi joylashuvi, xonalarining soni va maydoni, pardoz sifati, jihozlanishi va boshqa meyorlarni hisobga olgan holda o’ziga mos variantlarni tanlab olishi mumkin. Toshkentda ofisni zamonaviy, yangi, sifatli ta’mirlangan hamda texnik va texnologik jihatdan jihozlangan binodan ijaraga olish – eng yaxshi yechim hisoblanadi.

O'zbekistonda ofis ijarasi

O’zbekistondagi “Mercury” biznes markazidagi ofis ijarasi – bu poytaxtning markaziga bevosita yaqin joyda maksimal darajada qulay joylashish bilan birga kompaniyaning yuqori mavqeini yana bir bildirish imkoni hamdir. Foydalanuvchilar xizmatida:

* “premium” toifasidagi ofislar;

*ish bo’yicha uchrashuvlar, muhim muzokaralarni o’tkazish uchun muhtasham xonalar;

*taqdimotlar, matbuot-anjumanlari, simpozium va boshqa shu kabi tadbirlarni o’tkazish uchun zallar;

*muzokaralar xonasi.

Alohida xonada ish bo’yicha uchrashuvlar olib borish, biznes masalasida muhokamalar qilish va boshqa yig’ilishlar uchun VIP-kabinet tayyorlangan. Uning jihozlanishi va komplektatsiyasi kutilgandan ham a’lo. Servis darajasi – “5 yulduz”!

Biznes-markazda turli qavatlarda joylashgan turli xildagi ofislar mavjud. Har bir xonaning pardoz ishlari yuqori sifatda bajarilgan, unda ekologik xavfsizlik meyorlariga to’liq javob beradigan yuqori sifatli materiallardan foydalanilgan.

Konferentsiya zali 60 ta, muzokaralar zali esa 18 ta o’ringa mo’ljallangan. Vizual nazoratning barcha zarur vositalari – mavjud!

Biznes markazimizdagi ofis ijarasi – narx va sifat mutanosibligi bo’yicha eng yaxshi tanlov. Toshkentdagi Mercury biznes markazi ishlarni eng yuqori professional darajada tartiblash va olib borish uchun o’ta qulay sharoitlarni taklif etadi.