(99) 829-40-00

Ofis uchun joy qidirayotganda nimalarga e’tibor qaratish kerak

18.03.2020

O’zbekiston poytaxtida ofislarni ijaraga olish bo’yicha maslahatlarimizni administratorlar bilan bo’lishamiz.

Eng avval moliyaviy imkoniyatlaringizni aniq belgilab oling. Toshkentning markazida narxlar tez-tez ko’tarilib turadi, shuning uchun yangi yosh kompaniyalar nisbatan oddiyroq tumanlardan joy qidirganlari ma’qul.

Xodimlarning zaruriy sonini aniqlashtirib oling. Yaqin yarim yillik istiqbolni hisobga olgan holda ofisdagi joylar soni aniq belgilab oling. Shunda siz bir necha oylardan keyin xodimlar sonini oshirish kerak bo’lganda, muammolarga duch kelmaysiz: ozgina zahiraning bo’lgani yaxshi! Bir ish joyining o’rtacha meyori – 10 kv.m., ammo bu parametrlar firmangizning faoliyat doirasidan kelib chiqqan holda o’zgarishi mumkin. Agar kompaniya ishlab chiqarish bilan shug’ullanadigan bo’lsa, ofisning omborxona yoki tsexga yaqin bo’lgani afzal. Idora joylashuvi xodimlar va mijozlarning ko’pchiligi uchun yetib olishlariga qulay bo’lishi zarur.

Ofis joyini qancha muddatga olishga mo’ljallayotganingiz ham muhim. Agar shaxsiy ishingizni endi ochgan bo’lsangiz ijara muddati bir yildan ortmasligi kerak.

Beshinchi band – ofis qidirish. Agar faqatgina o’z kuchingizga ishonsangiz 2-3 oy vaqtni boy berib, moliyaviy yo’qotishlarga ham duch kelishingiz mumkin. Vositachi firmalar yordamiga tayansangiz vaqtdan ham, ko’rsatilgan xizmat sifatidan ham yutishingiz mumkin.

Toshkentdagi ofislar ijarasining o’rtacha narxi

2020 yilning boshida Toshkent shahridagi ofisning bir kvadrat metrini 82 000 so’mga (8,5$AQSH atrofida) ijaraga olish mumkin edi. Bu 2019 yil dekabr oyidagi narxdan 1,5 % qimmatroq. Ijaraga olinadigan joylarning umumiy maydoniga keladigan bo’lsak, bugungi kunda 220 kv.metrni tashkil etadi. Mamlakatda kichik va o’rtacha firmalar uchun mo’ljallangan biznes-markazlarning qurilishi to’xtovsiz oshib bormoqda. “MERCURY” biznes-markazi ham bundan mustasno emas, u yerda qulay narxlarda istalgan maydonni ofis uchun ijaraga olish mumkin.

Yangi ish boshlayotgan tadbirkorlar diqqatiga: ijara shartnomasini imzolashdan avval shartnomaning barcha bandlari va boshqa kerakli hujjatlar, shu jumladan kadastr pasportini yana bir bor diqqat bilan o’qib chiqing. Ko’pincha noinsof ijara beruvchilar foydasiga farq qiluvchi bir necha kv.m. ijara oluvchilarga bir yil ichida katta zarar yetkazishi mumkin.

Xulosa. Bizning “MERCURY” biznes-markazimiz – muammolar yechimidir!

Eng yaxshi ofislarni arzon narxlarda ijaraga olishga ulgurib qoling, buning uchun bizga shaxsan murojaat qiling yoki (99) 829-40-00 telefon raqamlari orqali qo’ng’iroq qiling.